30 May 2025 Yil 601

Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi - ishchi guruh tashrifining yakuniy manzili

Ishchi guruh o‘z dasturini Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasiga tashrif bilan yakunladi. Bu yerda ishtirokchilar yangi takliflar va taqdimotlar, xizmat xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning xavfsizligini ta’minlash hamda mol-mulkini qo‘riqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish, texnik jihozlanish darajasi, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, ularning mehnat va dam olish sharoitlari masalalari o‘rganib chiqildi.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga tezkor munosabat bildirish va qo‘riqlanadigan obyektlarni uzluksiz nazorat qilish imkonini beruvchi zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

Ishchi guruh poytaxtda jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimida Qo‘riqlash boshqarmasi faoliyatining muhimligini ta’kidladi.

© Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati

Barcha yangiliklar

Text to speech